GRANULASE (Granulayz) — siydik tizimi, buyraklar va jigar sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlab, yallig‘lanishga, shishlarga va tosh hosil bo‘lishiga qarshi yordam beradi.
Farmakologik xususiyatlari:
Ortosifon ko‘pyulduzli — buyrak kasalliklari, shish, albuminuriya va buyrak toshlari uchun diuretik vosita.
Oddiy toloknyanina — flavonoidlar va glikozidlar tarkibiga ega, yallig‘lanishga, mikroblarga qarshi va siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qizilcha — antibakterial xususiyatga ega, siydik yo‘llarini infeksiyalardan himoya qiladi, buyrak toshlari hosil bo‘lishining oldini oladi.
Makkajo‘xori so‘tasi — diuretik, safro haydovchi va qon to‘xtatuvchi ta’sirga ega.
Otquyruq — mikroblarga, yallig‘lanishga qarshi, qon to‘xtatuvchi va siydik toshlarining oldini oluvchi vosita.
Chernika — immunitetni oshiruvchi, qon aylanishini yaxshilovchi va siydik haydovchi ta’sirga ega.
Dorivor oduvanchik — yallig‘lanishga, safro haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi, ichni yumshatuvchi va gijjalarga qarshi vosita.
Magniy sitrat — organizmning energiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi, mushak va asab tizimini himoya qiladi, buyrak toshlarini eritadi va oksalat kislotasini bog‘laydi.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar:
🔹 Ayrish sistemasining o‘tkir va surunkali kasalliklarida (uretrit, sistit, pielonefrit, vulvit, vaginit);
🔹 Buyrak va siydik tosh kasalliklarida;
🔹 Surunkali virusli gepatitda;
🔹 Nefrotik sindromda;
🔹 Arterial gipertenziya;
🔹 II-III darajali yurak qon tomir kasalliklarida;
🔹 Xolesistit va gijja kasalliklarida.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalar va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: kuniga 2 mahal ertalab va kechqurun 1 tabletkadan. Davolanish davomiyligi: 2-8 hafta.
Mahsulot halol sertifikatiga ega