DURABON suyak va tishlarning mustahkamligini saqlash, osteoporozning oldini olish hamda immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etiladi.
Farmakologik xususiyatlari:
Kalsiy karbonat — suyak va tishlarning asosiy tarkibiy qismi, suyak to‘qimasining mustahkamligini ta’minlaydi.
Vitamin D3 — kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi va suyak to‘qimasiga o‘tishini ta’minlaydi.
Vitamin K2 — suyak to‘qimasidagi kalsiyning to‘planishini tartibga soladi.
Sink — suyak to‘qimasini mustahkamlashda ishtirok etadi.
Metilfolat — suyak va tishlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar:
🔹 Suyak va tishlarning mustahkamligini saqlash;
🔹 Osteoporozning oldini olish;
🔹 Immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari:
6-12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 1 tabletka ovqat bilan birga qabul qilinadi.
12 yosh va kattalarga 1 tabletkadan 2 mahal ovqat bilan birga qabul qilinadi.
Mahsulot halol sertifikatiga ega