DEFENSID — jigar kasalliklarining davosi
Farmakologik xususiyatlari:
✅ Artishok (50 mg) — safro xaydovchi va gepatoprotektor xususiyatga ega.Organizmdan mochevina va toksinlarni chiqarib yuboradi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Metabolik jarayonlarni normallashtiradi, shuningdek artishok askorbin kislotasi, karotin, vitamin B1 va B2, rutin va inulinni almashinuvida ishtirok etadi.
✅ Rastoropsha (150 mg) — ekstrakti tarkibida (A, gruppы B, S, D, E, F, K) vitaminlar, makro va mikroelementlar (selen, kaliy, bor, yod, kalsiy, magniy, xrom, marganes, rux, temir, simob) mavjud hamda flavonoidlar saqlaydi. Antioksidantlar sifatida ular jigarda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi, safro xosil bo‘lishini yaxshilaydi va jigar hujayralarining membranalarini mustaxkamlaydi. Shuningdek ular kapilyar devorning elastigligini va trofikasini hamda oqsil va yog‘lar almashinuvini yaxshilaydi, shuningdek immun tizimini mustahkamlaydi.
✅ Ursodezoksixol kislotasi (100 mg) — safro kislotasidir. Safro tarkibidagi xolesterin miqdori asosan xolesterinni parchalash va suyuq kristall faza orqali kamaytiriladi. Safro tuzlarining enterogepatik sirkulyatsiyasiga ta’sir qiladi, ichaklardagi toksik moddalar reabsorbsiyasini kamaytiradi. Ursodezoksixol kislotasi safroning litogen indeksini kamaytiradi, undagi safro kislotasini tarkibini oshiradi. Og‘iz orqali yuborilganda xolesterin o‘t pufagidagi toshlarning qisman yoki to‘liq eritib yuboradi. Xoleretik tasirga ega.
✅ L - karnitin (200 mg) — organizm tomonidan ishlab chiqariladigan vitaminlarga o‘xshash moddadir va jigarda metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, metabolizmni tezlashtiradi. Yog‘lardan samarali foydalanishni taminlaydi va ularni energiya ishlab chiqaruvchi substratga aylantiradi, bu yurak qon tomir tizimining kuchini va chidamliligini oshiradi.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar:
🔹 Asoratlanmagan o‘t-tosh kasalliklarida: o‘t yo‘llaridagi sladj; o‘t pufagidagi o‘t toshlarini eritishda, xolesistoektomiyadan keyin takroriy tosh hosil bo‘lishini oldini oladi.
🔹 Surunkali, kelib chiqishi turli xil bo‘lgan gepatitlarda;
🔹 Turli etiologiyali xolestatik jigar kasalliklarida, birlamchi biliar sirroz, birlamchi sklerozan xolangit, mukovitsedoz;
🔹 Alkagolsiz jigar kasalligi yani alkogolsiz steatogepatit;
🔹 Alkagolli jigar kasalligi;
🔹 Surunkali virusli gepatit;
🔹 O‘t yo’llarining diskineziyasida;
🔹 Biluar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagit.
Qo‘llash usuli va dozalari:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan 1 maxal.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan 2 maxal.
12 yosh va kottalarga 1 kapsuladan 3 maxal.
Ovqatdan 15–30 daqiqa oldin ichiladi. Kurs davomiyligi 2-4 oy.
Mahsulot halol sertifikatiga ega